“Numbeo” portali tomonidan 2025 yil uchun restoran narxlari indeksi bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston dunyodagi 139 mamlakat orasida 17-o‘rinni egalladi. Bu haqda portal tomonidan e’lon qilingan reytingda keltirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich Nyu-York (AQSH) narxlari bilan solishtiriladi, u yerda indeks 100 deb qabul qilingan. O‘zbekistondagi restoran va barlardagi ovqat va ichimliklar narxlari Nyu-Yorkdagidan o‘rtacha 79,2 foiz arzon va indeks 20,8 ga teng.
Eng past narx Liviya, Madagaskar va Afg‘onistonda qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Shveysariya, Islandiya va Bagama orollarida kuzatilgan.
MDH davlatlari orasida eng arzon restoran xizmatlari O‘zbekistonda ekani aniqlangan.
Taqqoslash uchun:
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan shakarob salati dunyoning eng yomon baholangan 100 ta taomi reytingida 42-o‘rinda qayd etilgan edi. Shakarob reytingda 5 dan 2.6 yulduzga loyiq ko‘rilgan. Dunyoning eng yomon taomi sifatida Skandinaviya mamlakatlarining “Blodplattar”i qayd etilgan.