Nimaga ko'p miqdorda olma danaklarini iste'mol qilish inson uchun xavfli?

Olma danagi tarkibida xavfsiz va iste’molga yaroqli bo’lgan Amigdalin moddasi bo’lib, u oshqozonga tushganda inson uchun zaharli hisoblangan Sianidga aylanadi. To’g’ri, agar olma danaklari kam bo’lsa, Sianid ham zararsiz miqdorda bo’ladi.

Ammo 150 ta olma danagi (taxminan 18 ta olma) bir vaqtda iste’mol qilinsa bu – o’limga olib keluvchi Sianid miqdorini hosil qiladi. Shu sababli ham olma danagini ko’p miqdorda bir vaqtda iste’mol qilmasligingizni tavsiya qilamiz!