Chet tillarini o'rganish miya uchun foydalidir

Inson qanchalik ko’p tillarni bilsa, uning miyasidagi hujayralar shunchalik ko’p faol ishlaydi va yangi neyron aloqalarni yaratadi. Ammo bu jixatning boshqa afzalliklari ham bor.

Yangi tillarni o’rganishda xotira kuchayadi va dunyoqarash (tafakkur) kengayadi, yangi neyron aloqalar quriladi. Ikki yoki undan ortiq tilni bilish, xotira buzilishining boshlanishini kechiktirishi mumkin. Xatto odam unga moyil bo’lsa ham.