Kulgu

KUN KULGISI!!!

Комментариев нет

* * *

— Vafodor va bevafo er o’rtasida qanday farq bor?

— Katta farq bor. Vafodor erning ba’zan vijdoni qiynalib turadi.

 

* * *

Foydali maslahat:

-Agar sizga dushmanlaringiz chuqur qaziyotganini sezib qolsangiz, ularga sira xalal bera ko’rmang! Kovlab bo’lishsin, o’sha chuqurni basseynga aylantirasiz-qo’yasiz.

 

* * *

Jinnixona vrachi ichkarida turib derazadan qarasa, jinnilar navbati bilan yerda emaklashayapti. Yordamchisini gap nimadaligini bilib kelish uchun tashqariga jo’natdi. Oradan bir soatcha o’tib yordamchi hammayog’i qum holda kirib keldi.

-Xo’sh, nima bo’layapti ekan tashqarida?

-Jinnilarning biri yerga bo’r bilan chiziq chizib, kim mana shu chiziqning ostidan o’ta olsa, ming dollar berishini aytibdi.

-Ie, nega kiyimlaring qum bo’lib ketibdi?

Ie, ming dollar sizningcha pul emasmi?

 

* * *

Sartaroshning shogirdi bir kuni ustoziga dedi:

-Bilasizmi, ustoz, har kuni siz yo’g’ingizda, tushdan keyin bir erkak kirib keladi-da, navbatda o’tirganlarni sanab yana indamay chiqib ketadi. o’alati odamga o’xshaydi.

-Shunaqa degin? Unda-chi, bilib qo’y. Bugun ham kelsa, orqasidan bor. Qani, bu yerdan chiqib nima qilarkan?

-Xo’p.

Haqiqatan shu kuni ham o’sha odam ichkariga kirdi-da, navbat kutib o’tirgan mijozlarni sanab yana chiqib ketdi. Uning ortidan shogird ham kuzatib chiqdi. Oradan yarim soatcha vaqt o’tib shogird sartaroshxonaga qaytgach, ustozi so’radi:

-Xo’sh, bu yerdan chiqib nima qildi u odam?

-Guldasta sotib oldi va jo’nab qoldi.

-Ie, rostdan ham jinni shekilli…

-Yo’q, ustoz, u jinni emas.

-Sen qaerdan bila qolding?

Axir, u siznikiga kirib ketdi!

 

* * *

Er barda o’tirib o’lguday ichdi. So’ngra o’rnidan turmoqchi bo’lib polga quladi. Demak, endi uyga emaklab ketishdan bo’lak iloji yo’q. Shunday qildi ham.

Ertalab uni xotini uyg’otib so’radi:

-Yana kecha molday ichdingizmi? Zo’rg’a uyga kirib keldingiz.

-Sen qaerdan bilasan?

-Voy, hozirgina bar egasi qo’ng’iroq qildi. Tag’in nogironlik aravachangizni qoldirib kelibsiz.

 

* * *

o’ijjakchi shahar gazetalaridan birining bosh muharririga baqira ketdi:

-Muxbiringiz qanaqangi savodsiz odam-a? Men unga g’ijjakda buyuk Stradivarini ijro eta olaman desam, maqolasida bu haqda bironta so’z yo’q!

-Shunaqami? O’sha Stradivaringiz o’zini gazetada reklama qilmoqchi bo’lsa, har bir qator uchun o’n dollardan to’lasin!

 

* * *

Do’konda

-Sizlarda ko’rinmas ruchkalar bormi?

Ha, qaysi rangidan kerak?

 

* * *

Vrach huzuriga juda-juda ozib ketgan yigit kirib keldi. Uyqusizlikdan shikoyat qildi.

-Do’xtir, kechasi hovlida mushuklar baqirgani-baqirgan! Ertalab ishga borishim kerak. Ular bo’lsa, uyqu berishmaydi…

Vrach unga uxlatadigan dori yozib berdi. Bir haftadan so’ng yigitdan so’radi:

-Xo’sh, dorilar yordam berdimi?

-Yo’q.

-Nega?

-Men o’sha mushukni tutdim ham deylik. Ammo bu dorilarni og’ziga tiqib majburan ichirish qo’limdan kelmaydi-ku!

 

* * *

Bolakay do’stlariga hasrat qilayapti:

-Juda qiynalib ketdim. Oldiniga stenokardiya, ketidan ateroskleroz. Endi ulardan qutulgandim, psoriaz paydo bo’ldi. Ketidan sariq, ichketar, yurak xuruji, jigar raki…

-Vo, qanday chidading?..

-O’zim ham bilmayman. Hali hech qachon menga bunday qiyin diktantni yozish to’g’ri kelmagandi.

 

* * *

-Og’ayni, xafa bo’lmagin-u, lekin xotining juda xunuk, ko’rimsiz. Odam qarasa jirkanadi. Nega uni doim o’zing bilan olib yurasan-a?

-Bilasanmi… Uydan chiqib ketayotganimda o’pib qo’yishimni iltimos qilmasligi uchun o’zim bilan birga olib yuraman.

 

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

«Dadam 6 yoshda»
KUN KULGISI!!!
Меню