Nima uchun mashinaning imkoniyatlari ot kuchi bilan solishtiriladi?

Otlarning sifati, ish qobiliyati va uzoq foydalanish imkoniyati ularni boqish va asrash sharoitiga bog’liq. Otlarga asosan suli, arpa, javdar, makkajo’xori doni, va sershira ozuqa (sabzi, lavlagi, kartoshka va silos) yem sifatida beriladi. Otlar kuniga 3 mahal sug’oriladi.

Djeyms Uatt bug’da ishlaydigan mashinani ixtiro qilganda uning imkoniyatlarini namoyish qilish uchun yangi uskunaning kuchini ot kuchi bilan solishtirishga majbur bo’ldi.

Natijada yangi kuch birligi, ot kuchi kiritildi.

Ot toq tuyoqli o’txo’r hayvonlar avlodi hisoblanadi. Otlar ko’p asrlar mobaynida inson uchun asosiy transport vositasi qishloq xo’jaligida asosiy ish hayvoni bo’lib kelgan. Bo’yi 2,5 m gacha balandligi 50 sm dan 185 sm gacha vazni 60 kg dan 1500 kg (Belgiyada 1928 yilda tug’ilgan Bruklin Syuprim nomli og’ir yuk tashuvchi ot 1440 kg bo’lgan) gacha boradi.

O’rta Osiyo xalqlari otni go’sht olinadigan hayvon sifatida ham boqishadi. Yangi tug’ilgan toychoq qulun, 2 yoshligi toy, 3 yoshidagisi g’o’non va 4 yoshlisi do’non deb nomlanadi. Otlarni ippologiya fani o’rganadi.

 

sof.uz

loading…