KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Erkak tug’ruqxonaga kelib chaqalog’iga deraza ortidan turib tikilgancha yonidagi do’stini turtdi.

— Qara, kulyapti, kulyapti!

— E, senga qaragani ham yo’q-ku!

— Ahmoq, men hamshirani aytyapman, hamshirani!

 

* * *

 

— Bu yil shaharda Xitoy grippi tarqalarmish.

— Unda qo’rqmasayam bo’ladi.

— Nega?

— Xitoylarniki baribir sifatsiz bo’ladi.

 

* * *

 

Muallim aspirant tarixchilardan so’radi:

— Aytinglar-chi, kim Nevskiydan ham jasurroq, Suqrotdan ham aqlliroq bo’lgan?

Orqa partadan kimningdir hazin ovozi eshitildi:

— Xotinimning birinchi eri…

 

* * *

 

Bemor ruhshunos huzurida.

— Do’xtir, kecha katta ko’chaga chiqib qip-yalang’och, oyog’imda faqat paypoq bilan yugurdim. Juda uyalib ketdim.

— Ilgariyam shunday qilib turarmidingiz?

— Ha.

— Har gal uyalarmidingiz?

— Yo’q.

— U holda kecha nimaga uyaldingiz?

— Paypog’imning bir poyi yirtilib qolgan ekan.

 

* * *

 

Ikki jinni samolyotda ketyapti.

— Qara, samolyotning qanoti titrab ketyapti. Hozir uzilib tushsa-ya?!

— Jinni, samolyot shunday qanot qoqadi-ku!

 

* * *

 

Bolakaylar suhbatidan:

— Mening dadam juda botir. Hatto, «Jasurligi uchun» medali ham bor.

— Mening dadam bo’lsa qo’rqoq. Oyim yo’qligida nuqul qo’shnimiz Oysha xolanikida uxlaydi.

 

* * *

 

Sudya:

— Siz qo’shningiz begemot deb atagani uchungina sudga murojaat etdingizmi?

— Ha.

— Nega unda oradan bir yil o’tib murojaat qildingiz?

— Kechagina haqiqiy begemotni ko’rib qoldim.

 

* * *

 

Miyaning o’n foizi aqldan tashkil toparkan. Qolgan to’qson foizi nima uchun kerak — hali hech kim bilmaydi.

 

* * *

 

Ikki nafar to’qsondan oshgan qariyalar o’tiribdi.

Birinchisi:

— Chamamda ajal bizni unutib qo’ydi shekilli.

Ikkinchisi:

— Ts-s-s! Eshitib qoladi!

 

* * *

 

— Amaki, dadamga ming so’mlikni maydalab berarkansiz.

— Xo’p, qani o’sha ming so’mlik?

— Dadam aytdiki, uch kundan keyin berarkan.

 

loading…