Saudiya klubi Ronaldu bilan hech qanday muzokara olib bormagan

Saudiya Arabistonining “Al-Kavkab” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasida bayonot berdi. Oldinroq OAV arab klubi hujumchiga yiliga 125 million yevro to’lashga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

«Rasmiy e’lon: Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va «Al-Kavkab»ning munosabatlari haqidagi mish-mishlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Futbolchi klubning rejalariga mutlaqo kiritilmagan”, — deyiladi klubning Twitter’dagi xabarida.