Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?

Nima uchun Antaliya oilaviy ta’til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?

Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?
Antaliya – bolalar ko’ngilochar maydoni

Bugungi kunda Antaliya farzandlaringiz bilan qiziqarli sayohat va birinchi darajadagi ta’til uchun Turkiyadagi eng maqbul dam olish maskani hisoblanadi. Shahardagi qulay va rivojlangan infratuzilma hamda Antaliyaning tengsiz qumli va toshli plyajlari “Moviy bayroq” belgisiga ega. Shuni ta’kidlash joizki, shahar doim o’zining tozaligi va dam oluvchilar uchun yaratilgan qulaylik darajasi bilan mashhur bo’lgan. Bundan tashqari, Antaliya mehmonxonalari qulay va unutilmas oilaviy dam olishni tashkillashtirishga qaratilgan. Asosiysi, bu yerdagi vaqtingiz ko’plab diqqatga sazovor joy, shahar va uning atrofidagi ko’ngilochar maskanlardan foydalanish imkoniyati tufayli qiziqarli voqealarga boy bo’ladi.

Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?
Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?

Hech shubha yo’qki, har bir ota-ona farzandlarining yozgi ta’tili unutilmas lahzalarga boy bo’lishini xohlaydi! Aynan Antaliyada mukammal dam olish haqidagi orzularingizni haqiqatga aylantirishingiz mumkin! Farzandlaringiz va butun oilangiz go’zal manzara, lazzatli taomlar, eng muhimi, iliq dengiz va uning mo»tadil havosidan bahramand bo’lishlari mumkin bo’ladi. Farzandlarimizning har tomonlama rivojlanishi va salomatligi uchun yana nima kerak?

Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?

Antaliya nozikta’b xo’randalarning sevimli hududi

Har bir ota-onaga bolaning ovqati sog’lom va foydali bo’lishi juda muhim. Bu, ayniqsa, yozgi ta’tilni rejalashtirishda dolzarb bo’lib, ba’zida barcha zarur shart-sharoitlarga ega “aynan o’sha, ko’ngildagidek mehmonxona”ni topish qiyin bo’lishi mumkin. Antaliya mehmonxonalari bolalar taomlariga alohida e’tibor qaratib, mohir oshpazlar tomonidan bolalar uchun keng tanlov va turli taomlarni taqdim etadi! Antaliyadagi barcha restoranlarda bolalar menyusi, qulay va xavfsiz mebellar bilan jihozlangan rangli ko’ngilochar maydon, shuningdek, ota-onalar uchun maxsus chaqaloq bo’tqalarini tayyorlash mumkin bo’lgan oshxona burchaklari mavjud.

Antaliya mehmonxonalari – butun oila uchun birinchi darajali qulay maskan

Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?

Antaliya mehmonxonalari bolalarning yoshidan qat’i nazar, har doim ular uchun eng yaxshi o’yin-kulgi va qulay dam olishni tashkillashtirishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu yerda har bir bola o’zi uchun qiziqarli mashg’ulot bilan band bo’ladi, animatorlar mavzuli tadbirlar o’tkazadi, diskotekalar, turli mahorat darslari, musobaqa, tanlov, o’yinlar va boshqa ko’plab tadbirlar tashkil qilinadi. Farzandingiz hali chaqaloq bo’lsa, sizning zavqli hordiq chiqarishingiz uchun maxsus o’qitilgan enagalar unga g’amxo’rlik qiladi. 2-4 yoshli bolalar uchun kichik klublarda qiziqarli mashg’ulotlar mavjud. Shu bilan birga, o’smirlar uchun dastur futbol akademiyasi va dizayn maktabidagi mashg’ulotlar, amfiteatr sahnasida o’z aktyorlik mahoratini namoyish etish imkoniyati, animatorlar bilan baydarkada sayohat va sayr qilish yoki do’stlar bilan kinoteatrda film tomosha qilish imkoniyatini o’z ichiga oladi.
Antaliya mehmonxonalarida bolalar maroqli hordiq chiqaradilar va doimiy bandliklari ta’minlanadi. Bu esa ota-onalarga ham tinch va osoyishta dam olishlariga zamin yaratib beradi!

 

Antaliya hayratlanarli attraksionlarga ega hududdir

Antaliya – millionlab aholiga ega rivojlanayotgan zamonaviy shahardir va albatta, bolalar bilan borish mumkin bo’lgan ko’plab joylar mavjud: Okeanarium (Antalya, Akvaryum), Hayvonot bog’i (Antalya Hayvanat Bahçesi), Turkiya disneylendi (The Land of legends) –Bu haqiqatan ham Turkiyadagi eng katta istirohat bog’i bo’lib, uning hududida bir nechta dam olish joylari joylashgan: istirohat bog’i, akvapark, turli o’lchamdagi maydonchalarga ega jajji bolajonlar o’yingohi va boshqalar. Keng qamrovni his qilyapsizmi?

Nima uchun Antaliya oilaviy ta'til uchun mashhur va ommabop turistik markaz hisoblanadi?