Ijtimoiy tarmoqda «Nexia» va «Cobalt» avtomobillariga o’rnatilgan multiradarlar yo’qotiladi!” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirildi.
Ushbu avtomatlashtirilgan mobil komplekslar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinib kelinmoqda.
Mobil komplekslar fiksatsiya qilish tizimining texnika va jihozlari belgilangan standart va talablarga muvofiqligini, inson omilini rad etib avtomatlashtirilgan dasturda ishlashini va foydalanuvdan chiqarilmasligini ma’lum qilamiz.
Izohlarni ko`rish