Chirchiqda Harbiy havo kuchlari aviashou namoyish etadi

Ta’kidlanishicha, bugun, 19-avgust kuni soat 08:30 da Toshkent viloyatida joylashgan “Chirchiq” poligonida Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni munosabati bilan harbiy uchuvchilar tomonidan ko’rgazmali aviachiqish (aviashou)lar tashkil etiladi.

“Shu munosabat bilan, Sizlarni mazkur bayramona tarzda tashkil etiladigan aviachiqishlar tadbiriga taklif qilamiz”, deyiladi xabarda.