KUN KULGISI!!!

***

Dadasi bilan birga bog’chaga ketayotgan bolakay dedi:

— Bugun bog’chamizga komissiya kelarkan. Dada, ular nimani tekshirishadi?

— Sizlarga qanday qarashayapti, ovqat berishayaptimi-yo’qmi, sizlar qanday uxlayapsizlar… Shularni tekshirishadi.

— Men qo’rqib ketayapman.

— Nimaga qo’rqasan?

— Burni oqadiganlarniyam tekshirib qolishsa-ya!?.

 

***

— Yaqinda biz tomonda zo’r voqea bo’ldi. Kelinni to’ydan so’ng to’ppa-to’g’ri tug’ruqxonaga olib ketishdi.

— E, bu nima bo’pti. Mana biz tarafda hayratlanarli voqea bo’lgan. Kuyovni to’ydan so’ng boshqa to’yga olib ketishgan.

 

***

— Voy, dugonajon, seni tanimabman-a!

— Nimaga?

— Ko’rinishing yaxshilanibdi.

 

***

Vrach haddan ziyod semirib ketgan ayoldan so’radi:

— Ozish uchun dori ichayapsizmi?

— Albatta.

— Qanchadan ichasiz?

— Voy, qancha deganingiz nimasi? Qornim to’ymaguncha ichaveraman.

 

***

Boks bo’yicha murabbiy            shogirdiga dedi:

— Himoyani hech qachon unutma! Aks holda paraolimpiadalarda qatnashadigan bo’lib qolasan.

 

***

Ikki yigit “Kimning iti aqlli?” degan mavzuda bahslashayapti.

— Mening itim paypoqlarimni yuvadi, ovqat pishiradi.

— Meniki bo’lsa, uyga yangi gazetalar olib keladi.

— E, menikiyam pochta qutisidagi gazetalarni uyga olib keladi.

— Yo’q, tushunmading. Men umuman gazetalarga obuna bo’lmaganman.

 

***

Qadimda, hali raqamlar mavjud bo’lmagan paytlarda ertaklarni quyidagicha aytishgan ekan:

— Bo’ri va mana buncha echki bolalari…

— Ali bobo va ko’plab-ko’plab qaroqchilar…

 

***

Zolushka o’ksib-o’ksib yig’lardi. O’tkinchi undan so’radi:

— Qizaloq, nega yig’layapsan?

— Men bugun balga bora olmas ekanman.

— Nega bora olmas ekansan?

— Chunki, bal ertaga-a!!!

 

***

Pochtachi Pechkin dedi:

— Ilgari men juda jahldor edim,

— Nimaga?

— Negaki, velosipedimning men o’tiradigan o’rindig’i yo’q edi.

 

***

Sovet davri shunday maktab hisoblanganki, sen qancha a’lo baholarga o’qimagin, baribir ikkinchi yilga qoldiraverishgan,

 

***

Starshina rotani saflantirib dedi:

— Xo’sh, jangchilar, kim bugungi yangi yil bayramida Qorbobo bo’ladi? Bir qadam oldinga chiqsin!

Askarlar jim.

Starshina:

— Jangchilar, nima bo’ldi sizlarga? Hammangiz Qorqiz bo’lishni istaysizmi nima balo?