Mazkur tadbirda Ginnes rekordlar kitobiga kirish maqsadida 1000 kilogramm og’irlikdagi beshbarmoq tayyorlash rejalashtirilgan.
Qirg’iziston poytaxti Bishkekdagi Ala-Too maydonida 4 mart kuni «Men qirg’izman» birinchi festivali bo’lib o’tadi, u Oq qalpoq kuniga bag’ishlanadi. Bu haqida «Qirg’iz tilekteshtigi» jamoat birlashmasidan ma’lum qilishgan.
Festival dasturiga milliy kiyimlardagi 200 kishi ishtirokida bo’lib o’tadigan bayramona parad ham kiritilgan.
Tadbirga mamlakat bosh vaziri, Jogorku Kenesh spikeri, Bishkek shahri meri hamda elchilar kelishi kutilmoqda.
manba: asr.uz
Izohlarni ko`rish