* * *
Xotin eridan so’radi:
— Dadasi, qarang, turmush qurganimizgayam o’n yil to’libdi. Bu bayramni qanday qarshi olamiz?
— Bir daqiqa sukut saqlash bilan qarshi olamiz.
* * *
— Xotin, sendan ajoyib hidlar kelyapti! Nimaning hidi?
— Kecha o’zingiz olib bergan atirning hidi.
— Kechirib qo’yasan, kecha men senga hech qanaqangi atir olib bermadim-ku!
— Olib bergansiz! Katmoningizni qarang, ko’rasiz!
* * *
Hindu qabilalaridan birining dahosi jajji nevarasiga hayotdan saboq beryapti.
— Har bir odamning ichida ikkita bo’ri nuqul bir-biri bilan kurashgani-kurashgan. Ularning biri g’iybat, hasad, qotillik, ikkiyuzlamachilik, xiyonatni himoya qiladi. Ikkinchisi esa yaxshilik, mehr, sadoqat, muhabbat, to’g’ri so’zlilik, halollikni himoya qiladi.
Jajji nevara bobosining hikoyasidan zavqlanib so’radi:
— Ikkala bo’rining qay biri g’olib bo’ladi oxirida?
— Sen qay birini boqsang, o’sha g’olib bo’ladi.
* * *
Xotin eriga qo’ng’iroq qilib dedi:
— Dadasi, kechirib qo’yasiz endi! Bugun uy yig’ishtirayotib mendan yashirgan pullaringizni topib oldim. Alamiga dugonalarim bilan o’sha pulni restoranda maza qilib yeb ichdik!
— Juda yaxshi qipsan. Ammo bilib qo’y, men o’sha yashirgan pullarga senga norkali shuba olib bermoqchiydim!
* * *
Katta korxonaning sobiq direktori turmada jazo muddatini o’tayapti. Kuzatuvchilardan biri kameraga kirib dedi:
— Eshmat Toshmatovich, sizni ko’rishga qarindoshlaringiz kelishibdi!
— Meni yo’q deb aytgin! Bo’l tez!
* * *
Arman radiosidan so’rashdi:
— Yigit yaqinda tanishgan qizdan qanday yoqimli so’zlarni eshitishga oshifta bo’ladi?
— «Bu do’konlarda hamma narsa qimmat ekan. Balki… Menikiga bora qolarmiz-a?»
* * *
Vrach bemordan so’radi:
— Xo’sh, bemor, sizda spirtli ichimliklar masalasida muammo bormi?
— Do’xtir, spirtli ichimliksiz ham muammolar tiqilib yotibdi menda!
* * *
Er erta tongda uyga kirib keldi. Xotini unga baqirdi:
— Qay go’rda yuribsiz? Tuni bilan ko’z yummadim, axir!
— O’ylaysanki, men ko’z yumibmanmi?
* * *
Erkak hamkasblarning biridan so’radi:
— Menga qara, bizning ishxonada kim skeleroz?
— Nima qilasan skelerozni?
— Bir million so’m qarz olmoqchiydim.
* * *
Xotin besh yashar o’g’ilchasi bilan kurortda dam olib qaytgach, eriga taassurotlarini so’zlab beryapti.
— Vay, shunaqa qiziq odamlar borakan! Ishonasizmi, men sobiq sovet ittifoqi qahramoni bilan tanishib qoldim.
Shunda o’g’ilchasi luqma tashladi:
— Qahramonmish! Har kuni bir o’zi uxlashga qo’rqib sizni chaqirib ketardi-ku!
Olimjon HAYIT tayyorladi