1. Organizmdagi moddalar almashinuvi intensivligidan qat’i nazar odam bir soatda nafas olish natijasida 5-18 litr zaharli gaz, 50 gramm suv yutadi.
2. Doimiy tarzda og’iz yordamida nafas olish gaymorit xastaligiga duchor etadi. Sababi shundaki, biz burun yordamida nafas olganda, havo filtrlanadi, isiydi va shundan keyingina tomoq qismimizga boradi. Og’iz orqali nafas olganda esa havo sovuq holda tomoqqa o’tib, turli ko’rinishdagi quloq-tomoq-burun xastaliklarini keltirib chiqaradi.
3. Agar burun orqali nafas olib, og’iz orqali nafas chiqarilsa, organizmdagi zaharli gaz balansiga putur yetadi.
4. Agar o’pkani yoysak, u butun boshli tennis kortiga joy bo’ladi.
5. Yoshi ulug’ odam kuniga 23 000 marta nafas olib, nafas chiqaradi.
6. Nafasni ushlab turishning maksimal vaqti 7 daqiqa-yu 1 soniyani tashkil etadi. Bu vaqt oralig’ida odam yuzlab marta nafas olib nafas chiqarishi mumkin.
7. Yaponiyada pul evaziga toza, filtrlangan, maxsus tozalangan havodan nafas olishga ixtisoslashgan klublar faoliyat yuritadi.
8. Qunduz suv ostida 15 daqiqa, tyulen esa yarim soatgacha nafasni ushlab tura oladi.
9. Qumursqalarda o’pka yo’q. Ularning asosiy nafas olish tizimi traxeya hisoblanadi.
10. Baliqlar ham havodan nafas oladi. Faqat ular havoni suvdan oladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi