* * *
Xususiy detektiv agentlikka qo’ng’iroq qilishdi.
— Firmangiz mening xavfsizligimni ta’minlab bera oladimi?
— Albatta.
— Unda sizlarni bugun tungi soat birda falon bank ro’parasida kutaman!
* * *
Kameraga yangi mahbusni olib kirishdi. U boshqa mahbuslarga dedi:
— Qo’rqmanglar, men bu yerda ikki haftagina yashayman xolos.
— Nima sababli qamalding?
— Xotinimni onasi bilan birga so’yib tashladim.
— Shunga ikki haftagagina qamashdimi?
— Yo’q, ikki haftadan so’ng meni osishadi.
* * *
Bir yigit kechasi katta ko’chada ketayotgandi. Ro’parasidan devday bir erkak chiqib muloyim ohangda so’radi:
— Oshna, soat necha bo’ldi?
— O’n ikki.
— O’ soating zo’r-ku, qani, buyoqqa cho’z!..
— Voy-do-od! Yordam beringlar-a-ar!..
— Ie, hali tishlaring ham tillamidi?
* * *
Bashang kiyingan bir bosqinchi sekin bankdagi hisobchi qizga yaqin bordi-da, unga bir xat tutqazdi. Xatda shunday deb yozilgandi:
— Hamma pullarni xaltaga joylab, sekin mening qo’limga topshiring!..
Qiz boshqa qog’ozga shunday javob xati yozib o’g’riga uzatdi.
— Bo’yinbog’ingizni to’g’rilab oling! Sizni suratga olishyapti!
* * *
Turma yonidan o’tib ketayotgan go’zal bir qizga mahbuslar panjara ortidan turib qichqirishdi:
— Yaxshi qiz!.. 2050 yil kechqurun soat yettida bo’shmisiz?
* * *
O’g’ri sherigidan so’radi:
— Bugun restoranda tushlik qildingmi deyman?
— Sen qaerdan bila qolding?
— Yangi palto kiyib olibsan-ku!
* * *
Talaba sherigiga dedi:
— Kecha yarim tunda menga bosqinchi hujum qildi.
— Ie, nahotki?.. Keyin nima bo’ldi?
— Cho’ntaklarimni kovlashtirib ko’rdi-da, negadir og’ir xo’rsinib qo’limga bir dollar tutqazdi-yu, g’oyib bo’ldi.
* * *
Piyodani «Mersedes» urib ketdi va oyog’i sindi. Sudda u haydovchi yuz ming dollar tovon puli to’lashini talab qildi. Haydovchi:
— Nima, siz meni millioner deb o’ylayapsizmi?
— Siz-chi? Meni qirqoyoq deb o’ylayapsizmi?
* * *
Olis qishloqlardan biri. Besh yashar bolakay otasidan so’radi:
— Dada, biznikigayam haqiqiy Qorbobo keladimi?
— Yo’q, o’g’lim, haqiqiy Qorbobo hozir shaharda yuribdi. Biznikiga Xitoy Qorbobosi keladi.
* * *
Muallima beshinchi sinf o’quvchilaridan so’radi:
— «U uy tozalayapti», «Sen uy tozalayapsan», «Ular uy tozalashyapti». Qaysi zamonda?
— Yangi yil arafasida bo’lsa kerak.