«Muhtasham yuz yil» serialiga bir nazar: «MUSTAFO ROLINI IJRO ETGAN AKTYoR TURK EMAS, TATAR EKAN…»

 

Biz turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Muhtasham yuz yil» serialini tomosha qilish jarayonida ko’pgina savollarga duch kelamiz. Ularning ba’zilariga javob bor, ba’zilariga esa yo’q. Ana shunday savollarning biri quyidagicha: Serialda sulton Sulaymonning to’ng’ich o’g’li shahzoda Mustafo rolini ijro etgan aktyor Mexmet Gyunsyur aslida kim? Shu savolga javob izlab otasi Teoman Gyunsyurning jurnalistlardan biriga bergan intervyusiga nazar soldik.

Aktyor Mexmet Gyunsyur Istambulda tug’ilgan. Marmara universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ammo jurnalistikada ishi yurishmadi va aktyorlikka berildi. U faoliyati davomida ko’plab seriallarda suratga tushgan. Hatto, Gollivud kinoijodkorlarining «Smertelnaya jatva» filmida ham asosiy rollardan birini ijro etgan.

Endi masalaning asosiy qismiga boqamiz. Ma’lum bo’lishicha, Mehmetning qonida tatarlar qoni mavjud ekan. Shu haqda uning otasi Teoman Gyunsyur gapirib berdi.

— Menning otam tatar edi. Xotinimning ota-onasi ham tatar. Mexmet tatar. Bir so’z bilan aytganda, biz barchamiz tatar millatiga mansubmiz.