Aktrisa hozir ham modellikda faoliyat olib boradi.
Turkiyalik mashhur modellaridan biri, «Muhtasham yuz yil» serialidagi Volida sulton roli orqali dunyoga tanilgan aktrisa Nebahat Chehra o’zining yangi imijini ommaga namoyish etdi.
Hozirda suratga olish ishlaridan biroz chetlashgan Nebahat Chehra aktrisalikdan tashqari modellik va qo’shiqchilik bilan ham shug’ullanadi. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda faol emas.
Nebahat Chehra o’zining yangi imijini namoyish etdi va uning muxlislari bu obrazni juda iliqlik bilan kutib oldi. Shu bilan birgalikda aktrisaning muxlislari unga har qanday obraz yarashishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, hozirda 77 yoshda bo’lgan aktrisa shu vaqtga qadar 30 ga yaqin kinokartinalarda va bir qancha seriallarda ishtirok etgan. O’zining jozibador rollari bilan muxlislar qalbidan joy egallagan serqirra ijodkor hozir modellikda faoliyat olib boradi.