Muammo:
Agar bola o’z vaqtida uyg’onmasa, uni uyg’otishga to’g’ri keladi. Uyg’onishni qanday yo’l bilan yoqimli qilish mumkin?
Echim:
1. Agar bolani ertalab uyg’otishga to’g’ri kelib qolsa, bu ish shu kungi kayfiyatni jiddiy buzishi mumkin. Ona barvaqt uyg’onib, o’zining tonggi ishlarini bolasini uyg’otguncha qilib olgani ma’qul, ana shunda bolasiga yetarlicha e’tibor qaratish imkoniga ega bo’ladi.
– Uyg’onish vaqti bo’ldi!
2. Ona bolasini imkon qadar yumshoqlik bilan uyg’otadi. U bolasining yoniga yotib, uyg’onish jarayonini yoqimli qilish uchun uni quchoqlaydi, boshini silaydi. Bunga ketgan bir necha daqiqa bola ko’rsatishi mumkin bo’lgan qarshiliklarning oldini oladi, vaqtni tejaydi.
– Salom! Xayrli tong! Kel, yoningda bir oz yota turaman!
3. Chala uyg’oq bolaning og’ziga onasi marmelad yoki boshqa bir shirinlik soladi. Bu bolaga xursandchilik bag’ishlaydi, boz ustiga, och qoringa yeyilgan bu shirinlik qondagi pasayib ketgan shakar miqdorini ham me’yoriga keltiradi.
– Bu nima, topgin-chi?
4. Bola uyg’ondi va nonushta qilishga xursandchilik bilan rozi bo’ladi. Agarda onasi uni qo’llarida olib borsa yoki shunchaki bir oz qo’lida ko’tarib tursa, albatta, bolaga yanada yoqimli bo’ladi.
– Kel, seni nonushta qilgani olib boraman, hamma narsa tayyor! Navbat yuvinishga!
5. Nonushtadan keyin tamoman o’ziga kelgan bola bardam va shodon – qarshiliklarsiz navbatdagi ko’rsatmalarni bajaraveradi.
– Endi esa idishlarni oshxonada yuvamiz.
6. Bolani uyg’otishga to’g’ri kelar ekan, demak, u yetarlicha uxlamayotganligini ona tushunadi. Hattoki arzimagan kundalik chala uyqular bolaning holati, sog’lig’i va kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Barvaqt uyg’onadigan bo’lsa, uyquga to’yib turishning yagona chorasi kechasi vaqtliroq uyquga yotishdir.