Bugun Murodjon Ahmadaliyev AQShdan O’zbekistonga qaytib keldi. U Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Unda O’zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati, Milliy Gvardiya qo’mondonligi, OAV vakillari, bokschining yaqinlari va muxlislar ishtirok etishdi.
O’zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQShning Manchester shahrida o’tkazilgan jangda chililik Xose Velaskesni 12 raundlik jangda mag’lubiyatga uchratib, o’zining WBA va IBF kamarlarini himoya qildi.
Izohlarni ko`rish