Turkiya, moviy dengizda miriqib cho’milishni va oltindek sariq qumloqlardan iborat plyajlarda yotib dam olishni sevuvchi eng nozik ta’b sayyohlarning ta’biga mos keladigan playjlarni taqdim qiladigan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi.
Turkiya janubda O’rta yer dengizi, shimolda Qora dengiz va g’arbda Egey dengizi bilan o’ralgan bo’lib, mamlakat chegaralarida Frakiya va Anadolu mintaqalari orasida joylashgan Marmara dengizi ham mavjud.
Turli iqlim va geografik hususiyatlarga ega bu dengizlarning sohillarining umumiy uzunligi orollar bilan birga hisoblaganda 8330 kilometrni tashkil qiladi ve juda ko’plab plyajlarni o’z ichiga oladi.
Quyida, Turkiyaning ba’zi plyajlari haqida ma’lumot oling va o’zing uchun bu plyajlarni kashf qiling.
Egey dengizida delfinlar bilan bir oqimda suzing!
Mug’la viloyatidagi Datcha yarim oroli, Turkiyaning kislorodga eng boy mintaqasi hisoblanadi.
Egey mintaqasida joylashgan bo’lsada, odatda O’rta er dengizi iqlimiga ega Datcha yarim orolining 235 kilometrga cho’zilgan sohili bo’ylab 50 dan ortiq cho’milish mumkin bo’lgan katta-kichik ko’rfazlarni o’z ichiga oladi. Dengiz toshbaqalari (Caretta Carettas) uchun ham Turkiyaning eng maqbul yashash joylaridan biri hisoblangan Datchada, g’avvoslar va xavaskor sho’ng’uvchilar mintaqada tez-tez uchrab turadigan delfinlar yaqinida suzish imkoniyatidan bahramand bo’lishlari mumkin.
Buning uchun Marmarisda faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab g’avvoslik maktablarida suv ostiga sho’ng’ish va delfinlar bilan bir oqimda suzish bo’yicha maxsus ko’nikmalar hosil qilish ham mumkin.
Kadirga ko’rfazi Marmarisdagi eng mashhur sho’ng’ish nuqtalaridan biri bo’lib, bu yerda dengizning 15 metr chuqurligida eski davrlarga oid kema qoldiqlarini ko’rish mumkin. Shuning uchun ham bu yer har yili ko’plab dengiz ostini suratga olishni sevuvchi fotografiya ishqibozlarini o’ziga jalb qiladi.
Siz agar, Turkiya bormoqchi bo’lsangiz, albatta Datcha yarim oroliga tashrif buyurib, dengiz ostiga sho’ng’ish va delfinlar bilan bir oqimda suzish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkinligini unutmang.
Kapalaklar vodiysi – Fethie
Fethiedagi Kapalaklar vodiysi 350 metrlik tik qoyalar bilan o’ralgan tabiat qo’ynida qurilgan jannatga o’xshaydi.
Tik qoyaliklar bilan o’ralgani sababli Kapalaklar vodiysiga quruqlik orqali borish imkoni bo’lmasada, Fethiedan jo’naydigan kemalar vositasida u yerga borishingiz mumkin.
Kapalaklar vodiysiga qadam qo’yganingiz ondan boshlab, moviy va tiniq dengiz manzarasi sizni hayratda qoldiradi.
O’ludeniz
Mug’la viloyatiga qarashli Fethie tumanida joylashgan O’ludeniz mintaqasi Turkiyadagi plyajlar orasida eng mashhurlaridan biri hisoblanadi.
Zumradden yashil va osmondek moviy ranglarda jilolanuvchi O’ludeniz sohili 2006 yilda bir Nemis nashri tomonidan o’tkazilgan so’rovda sakson ikki foiz ovoz bilan dunyoning eng go’zal plyaji sifatida e’tirof etilgan. O’ludeniz sohillarida suv juda sokin va sayoz bo’lsada, dengiz sathi suv oqimlarining ta’siri natijasida har ikki-uch kunda or’tacha yarim metrga ko’tarilib-tushib turadi, shuning natijasida esa suv o’z o’zini tozalab yangilab turardi.
Turkiyaning ko’zni qamashtiruvchi tabiiy go’zalliklarini o’zida mujassam etgan O’ludenizga borish juda oson va qulay. Mug’la viloyatining eng go’zal tumanlaridan biri bo’lgan Fethiening O’ludeniz mintaqasiga Antaliya, Mug’la va Burdur orqali avtomagistral yo’llar bilan transportda borish mumkin.
Kleopatra plyaji
Antaliya viloyatiga qarashli Alaniya tumanining g’arbiy qismida joylashgan Kleopatra plyaji, 2 kilomegrta cho’zilgan sohili va oltinden sariq qumlari bilan mashhur. Ismini Misr qirolichasi Kleopatradan olgan plyajning yana bir xususiyati esa dengizning sayozligi.
Go’kova ko’rfazidagi Sedir orolida joylashgan bu plyajning oltindek sariq qumlari haqida turli afsonalar ham yuradi. Bu afsonalarga ko’ra, meloddan avvalgi davrda yashagan Rimliklarning mashhur qo’mondoni Antonius Misr malikasi Kleopatra uchun Misrdan kemalarda bu plyaj uchun maxsus qum keltirgan.
Kleopatra plyajining oltindek sariq qumlari Turkiyaning boshqa sohillarida uchramaydi.
Agar siz ham maroqli ta’til uchun qaysi plyajni tanlashga boshingiz qotgan bo’lsa, yuqoridagi tanlovlar aynan siz uchun!