«PSJ» joriy mavsumda 700 million yevro daromad topdi. Bu klub tarixidagi rekord natija hisoblanadi.
L’Équipe xabar tarqatishicha, bungacha parijliklarning rekordi mavsum-2018/19da qayd etilgan bo’lib, jamoa o’shanda 637,3 mln yevro ishlab topgandi.
Lionel Messi «PSJ» bilan shartnoma imzolagach, jamoaning yangi 11ta homiysi paydo bo’ldi. Bu yo’nalishdagi umumiy daromad 310 million yevroga yetdi.
Onlayn savdolar platformasi — GOAT bilan shartnoma 3 yil davomida klubga 50 million yevro daromad keltiradi. Bundan tashqari, «Qatar Airways» bilan hamkorlik orqali jamoa har yili 60-70 mln yevro pul ishlamoqda.
«PSJ» mavsum davomida bir millionta futbolka sotdi. Shundan 60 foizi Messi familiyasi tushirilgan futbolkalarga to’g’ri keladi.
O’yinlarni o’tkazishdan tushgan daromad esa 132 million yevroga yetdi. Mavsum-2019/20da ushbu daromad 93 mln. yevroni tashkil qilgandi.