“Miss FMR” tanlovida 7 nafar o’zbekistonlik go’zal qatnashmoqda.
Rossiya migrantlar federatsiyasi “Rossiya migrantlar federatsiyasi go’zali – 2021” (Miss FMR 2021) xalqaro go’zallik va iste’dodlar tanlovining final bosqichini 9 oktyabr kuni o’tkazadi.
Tanlov maqsadi – tomoshabinlar va ishtirokchilarni Rossiya Federatsiyasi hududida yashovchi xalqlarning xilma-xilligi, urf-odatlari bilan tanishtirish, shuningdek, xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlash.
Ayni vaqtda tanlovda 30 nafar migrant qiz qatnashmoqda, ulardan 7 nafari o’zbekistonlik.
Finalda 10 nafar ishtirokchi o’zlari haqida hikoya qilib, milliy urf-odatlar va liboslari hamda ijodiy chiqishlarini namoyish etadi.