MERSIN QIZ QAL'ASI

MERSIN QIZ QAL’ASI
TARIXI: Qiz qal’asi Dengiz qal’asi deb ham ataladigan. Uning qirg’oqgacha bo’lgan masofasi taxminan 600 metrni tashkil qiladi. Topilgan manbalardan ma’lum bo’lishicha, Qiz qal’asi 1199-yilda Leon I tomonidan qurilgan. 1361-yilda Kipr qirolligi tomonidan bosib olingan. Strabon qaroqchilar Rim davrida qal’adan boshpana sifatida foydalanganliklarini manbalardan aniqlangan Qal’aga kirish shimol tarafida joylashgan.

Uzunligi 192 metr bo’lgan qal’a devori jangovar devorlar bilan jihozlangan uchburchak, to’rtburchak va dumaloq shakldagi sakkizta qal’adan iborat. G’arbiy devor bo’ylab yaxshi saqlangan galereyani ko’rishingiz mumkin . Bu yerdan dengizga ochiladigan eshik bor.

QIZ QAL’ASI AFSONASI:
Turli joylarda Qiz qal’asi haqida turli xil afsonalar mavjud. “Bir paytlar bir podshoh bo’lgan ekan. Uning yagona qizalog’i bo’lgan ekan.
O’zi juda yaxshi ko’rgan yolg’iz qizining kelajagini bilish uchun folbinni huzuriga chaqiradi . Folbin esa qizining ilon chaqib o’lishini bashorat qiladi. Qizining ilon chaqishi natijasida o’lishini bilgach, podshox malika uchun bir qasr qurdirdi. Shunday qilib, qizining hayotini xavfdan xoli qildim, deb o’ylagan podshoh bir kuni qiziga bir savat uzum jo’natadi. Biroq savatga yashiringan ilon qizni chaqib o’ldirdi”. Xuddi shunday afsona Istanbuldagi Qiz minorasida ham mavjud .

Qiz qal’asiga qanday borish mumkin?

Mersindan 60 kilometr janubi-g’arbda joylashgan Qiz qal’asiga borish uchun shahar transport vositalari bilan borishingiz mumkin.
Qiz qal’asida qaerda qolish mumkin?
Shaharda 3-4 yulduzli mehmonxonalarni , shuningdek, tinch hududlarda joylashgan hostellarni ko’rishingiz mumkin. Bu yerda yoz davomida musiqa dasturlari mavjud. Agar siz tinch dam olishni xohlasangiz , siz tanlagan joyning ko’ngilochar dasturini oldindan ko’rishingizni tasviya etamiz. Bu yerda , yoshlar oqshom payti porlab turgan yulduzlar ostida rang-barang chiroqlar bilan yoritilgan Qiz qal’asi atrofida suzishadi. Bu esa sizga ajoyib va esda qolarli sarguzashtlarni tuhfa qiladi.