Paleontologlar taxminan 73 million yil oldin Meksikaning shimoliy qismida topilgan namunadan so’ng yangi dinozavr turini aniqladilar, deb xabar berdi mamlakat Milliy antropologiya va tarix instituti.
Hayvon Tlatolophus galorum deb nomlangan. Uning dumi birinchi marta 2013 yilda Shimoliy Koaxila shtatidagi Xeneral-Sepeda hududida topilgan.
Qazish ishlari davom etar ekan, olimlar oxir-oqibat uning bosh suyagining 80 foizini, shuningdek, 1,32 metrlik tizma va son, yelka singari suyaklarni topdilar, bu esa tadqiqotchilarga bu yil dinozavrlarning yangi turlari paydo bo’lganligini anglashlariga imkon berdi.
Paleontologlar, shuningdek, dinozavrlar «yirtqich hayvonlarni qo’rqitish yoki reproduktiv maqsadlar uchun kuchli tovushlar chiqargan» deb hisoblashadi.
Kashfiyot hanuzgacha tekshirilmoqda, ammo qadimgi sudralib yuruvchilarga oid tadqiqotlar allaqachon Cretaceous Research ilmiy jurnalida chop etilgan.