Vazirlar Mahkamasining «Chorvoq» erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorida dunyoning mashhur brendlari McDonald’s, Starbucks va Burger King savdo markalarini O’zbekistonga olib kirish masalasi ham o’rin olgan, deb yozadi «Xalq so’zi».
Qarorga ko’ra, 2019 yilning yanvariga qadar ETZ hududi xalqaro talabga mos kelishi uchun dunyoning mashhur ovqatlanish tarmoq brendlari — McDonald’s, Starbucks, Burger King, KFC kabilar mazkur hududda ish boshlashi kerak.
Toshkent viloyati sayyohlik uchun noyob iqlim sharoitiga ega bo’lishiga qaramasdan, mavjud infratuzilma imkoniyatlar xalqaro sayyohlik talablariga mos kelmaydi. Aynan shunday talablardan biri sifatida xorij ovqatlanish tarmoqlarining brend kompaniyalarini ETZ hududiga olib kirish ko’zda tutilgan.