1. Insonning ko’zida shunday to’siq – parda borki, uni farishta va jinlarni ko’rishdan saqlaydi. O’lim vaqtida bu parda ko’tariladi.
2. Qo’shiq, ashula eshitayotgan insonning oldiga shayton va jinlar bir lahzada yetib keladi va o’sha odamning atrofida raqsga tushishadi. Agar insonning ko’zidagi parda ochilganda edi, manzaraning dahshatidan yuragi yorilib ketardi.
3. Har juma kunining tongida olamdagi barcha jonzotlar Sur chalinishini kutib quloq solib turadilar… Ey Robbim! Xotimamizni go’zal qilgin!
4. 1997 yili Tinch okeanining tubida qattiq, shiddatli ovoz paydo bo’ldi… Uning aks-sadosi 5000 km gacha eshitildi… Bu ovozning kelib chiqishi sababi hozirgi kungacha aniqlanmadi…
5. Oyog’ingiz uvishib qolgan bo’lsa, yurmang, qo’lingiz uvishgan bo’lsa, unga tiranmang. Chunki o’zingiz bilmagan holda sinib qolishi mumkin.
6. Uyalgan va g’azablangan vaqtda yuz qizarishining sababi — tinch, me’yorda turgan asab tolalarining vaqtincha falaj, shol bo’lishi — tomirlarda odatdagidan ko’p miqdorda qonning haydalishidir.
7. Inson zim-ziyo zulmatda 3 kundan ko’p qolib ketsa, bir umrga ko’r bo’lib qoladi.
8. Uyquda yiqilib tushib, seskanib ketsangiz, bilingki, bu sizni uyg’otish uchun aqlingiz o’ylab topgan tushdir… Chunki a’zolarning funksiyasi to’xtab qolishi va o’lib qolish hech gap emas.
9. Inson vafot etgan paytda bosh miyaning chap qismi yana 7 daqiqagacha faol bo’ladi, bu holatda barcha xotiralari birma-bir ko’z oldiga keladi. Lekin xuddi tushda bo’lganidek, ularning ketma- ketligini boshqara olmaydi.
10. Shunday hayotiy tajriba bor: agar eshitishni istasangiz, ichingiz so’ylaydi (gapiradi)… Quloqlaringizni yoping, diqqat qiling! Ichingizdan sas keladi…
11. Inson organizmidagi tiriklik tizimi har kuni kamida bittadan hujayrani yo’q qiladi… Agar bu hujayralar yashasa, saratonga aylanib ketadi… Hamisha «Subhonalloh» (Alloh aybu nuqsonlardan pok), «Alhamdulillah» deb ayting.
Karim Bahriyev