Malika Diananing xati 30 ming dollarga baholandi

Malika Diananing shaxsiy xatlari auksionda sotildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Auksionda qirol oilasi vakilasining 1990 yildan 1997 yilgacha yozgan 39 ta xatlari taqdim etildi.

Xatlar fermerlik uydagi tortmadan topilgan. Xatlarning aniq narxi va xaridorlarning ism-shariflari oshkor etilmagan, ammo mutaxassislar xatlarni 25-30 ming dollar atrofida baholashmoqda.