Malika Diananing oqshom libosi Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoshdi savdosiga qo’yildi.
Modelyer Viktor Edelshteyn tomonidan tikilgan Malika Diananing bu libosi ikkinchi marta auksionga qo’yilmoqda. Mazkur ko’ylak 1989 yilda tikilgan.
Mutaxassislar “Infanta” uslubidagi baxmal libosni 80-120 ming dollarga baholashmoqda.
1997 yilda malika o’limidan bir oy oldin libos Christie’s auksionida 24 ming dollarga sotilgan. Bu safar u shaxsiy kolleksiyadan taqdim etildi.
Izohlarni ko`rish