Bu qiziq

Mafiya – dunyoning taniqli va qo’rqinchli jinoiy guruhlari

Ba’zi davlatlarda mafiya katta kuchga ega bo’lib, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy hayotiga o’z ta’sirini o’tkaza oladi. Yakudza, Koza Nostra, Jahannam farishtalari… Ushbu maqolamizda mafiya jinoiy tashkilotlari haqida so’z yuritamiz.

Sitsiliya mafiyasi

Mafiya – dunyoning taniqli va qo'rqinchli jinoiy guruhlari
XIX asr boshlaridan Sitsiliya hududida faoliyat olib borayotgan bu mafiya xalqaro tashkilotga aylangan. Koza Nostra nomi bilan tanilgan ushbu tashkilot barcha sohalar bo’yicha jinoiy guruh hisoblanadi. XX asrdan boshlab asosiy yo’nalishi – banditizm.

Rus mafiyasi

Mafiya – dunyoning taniqli va qo'rqinchli jinoiy guruhlari
Rasman bu eng dahshatli jinoiy gruppirovka. FBR agentlari rus mafiyasini “Yer yuzidagi eng xavfli odamlar”, deb ataydilar. Rus mafiyasi deganda Rossiya hamda Sobiq Ittifoq hududidagi jinoiy tashkilotlar tushuniladi. Rus mafiozlari asosan xarbiy taktikani qo’llaydilar va buyurtma qotilliklar bilan shug’ullanadilar.

Meksika mafiyasi (La eMe)

Mafiya – dunyoning taniqli va qo'rqinchli jinoiy guruhlari
U jinoiy guruh AQSh ning janubiy sohilbo’yi hududida faoliyat yuritadi va asosan giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanadi. Ushbu jinoiy guruh a’zolarini qo’ldagi va ko’kraklaridagi maxsus belgilar tushirilgan tatuirovkalari orqali tanish mumkin.

Yakudza

Mafiya – dunyoning taniqli va qo'rqinchli jinoiy guruhlari
Yakudza – Yaponiyaning jinoiy sindikati bo’lib, g’arb mamlakatlaridagi mafiya tashkilotlariga o’xshab ketadi. Biroq ulardan tubdan farq qiladi: ularning rasmiy boshqaruv idoralari hamda OAV bor. Shuning uchun ular haqida ochiqchasiga, bemalol yozishadi.

Xitoy Triadasi

Mafiya – dunyoning taniqli va qo'rqinchli jinoiy guruhlari
Triada – Xitoy davlati hamda xitoy shajarasidagi jinoiy tashkilotning maxfiy shakli. Ularning shaxsiy tushunchalari bor (3 raqamining mistik ma’nosi), nomi ham shundan kelib chiqqan. Bugungi kunda triada Tayvan, AQSh va Xitoy immigratsiyasining boshqa hududlarida mafiya ko’rinishidagi  jinoiy tashkilot sifatida tanilgan hamda giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoiy faoliyatlar bilan shug’ullanadi.

Triada eng vatanparvar mafiyalardan biridir. Xalqaro hodisalar davrida chet el fuqarolarining xavfsizligini ta’minlaydilar, atipik pnevmoniya avj olgan pallada esa ushbu kasallikning davosini topgan vrachga 1 mln. dollar mukofot pul berishni va’da qilganlar.

Jahannam farishtalari (AQSh)

Mafiya – dunyoning taniqli va qo'rqinchli jinoiy guruhlari
Dunyoning turli burchaklarida filiallari bo’lgan dunyodagi eng yirik motoklublardan biri. Bu banda a’zolarini giyohvand moddalar savdosi, reket, qotillik va boshqa jinoyatlarda ayblashadi. Aytishlaricha, Ikkinchi jahon urushi yillarida Amerikaning Harbiy Havo Kuchlari tarkibida bombardirovkachilarning 303-eskadrilyasi bo’lgan. Urushdan keyin bo’linma tarqatildi va uchuvchilar ishsiz qolib ketganlar. Ular vatan ularni unutib, taqdir ixtiyorlariga tashlab qo’ygan, degan xulosaga kelganlar. Shuning uchun “zolim davlatlariga qarshi borib, bu yo’lda motoklublarda jipslashib, o’z noroziliklarini bildiradilar”.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button
Close