Madinada yangi islom merosi muzeyi ochildi.

Turizm va milliy meros bo’yicha komissiya xususiy muzeylarga ochilishiga ruxsat berishni boshlagandan buyon Madinada ko’plab muzeylar ish boshladi.

Dorul-Madina muzeyi ko’rgazmasi Payg’ambarimiz Muxammad Mustafo sollalohu alayhi vassallam hayotlari, Islom tamadduni va Madina shahri madaniyatiga bag’ishlangan. Muasasa ijrochi rahbari Xasan Tohir aytishicha, ushbu muzey Nabiy alayhissalom hayotlarining asosiy jabhalari hamda  Madina shahrining tarixiy va madaniy merosini yorituvchi birinchi va eng yirik maskandir. Ko’rgazma faoliyatidan tashqari, muzey Madinaning tarixi va obidalari haqidagi ma’lumotlarni chop etib mavzuga oid seminar va uchrashuvlar o’tkazadi. Muzeyning yuqori malakali xodimlari arab, ingliz, turk va urdu tillarida tarixiy xujjatlar va ilmiy ma’lumotlarga asoslanib sayyohlar uchun ekskursiyalar qilishadi. Ma’muriyat fikricha, ko’rgazma nafaqat Madinaliklar, balki ziyoratchi va shahar mehmonlarida ham qiziqish uyg’otishi mumkin.

islom.uz