1. Lo’lilar Antarktidadan tashqari hamma yerda bor. Yevropaning o’zida 8-12 million atrofida lo’lilar mavjud.
2. Lingvistik va irsiy tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, lo’lilar hindlardan tarqalgan ekan. Taxminan 1000 kishidan ko’proq odam 6-asrda Hindistonni tark etgan va lo’li sifatida dunyoga tarqalgan.
3. Lo’li uchun eng og’ir jazo lo’lilar jamiyatidan chetlatilishdir.
4. Nomusini boy bergan lo’lilar qadimda sochlari kalta qilib olinib, keyin tabordan haydab solingan. Shundan beri lo’lilar kalta soch bilan yurishdan nari bo’lishni ma’qul ko’radi.
5. Bir qulog’iga sirg’a taqqan lo’li oilada yolg’iz o’g’il hisoblanadi.
6. Lo’lilarning sevimli taomi tipratikon sanaladi. Tipratikonni qovurib yesa ham, qaynatib tanovul qilsa ham bo’ladi.
7. 8 aprelda lo’lilarning milliy bayrami nishonlanadi.
8. Lo’linikiga kelgan mehmonlarning bolasi bo’lsa-yu, bu bola uydagi nimanidir yoqtirib qolsa, lo’lilar o’sha narsani bolaga hadya qilib yuborishadi.
9. Lo’li olamdan o’tsa, uning shaxsiy buyumlari nopok hisoblanib, marhum bilan birga qabrga ko’miladi.
10. Lo’li ayol tug’sa, tug’ishgacha bo’lgan davrda foydalangan barcha narsalari harom hisoblanadi va tashlab yuboriladi.
11. O’rta asrlarda lo’lilarni ham xuddi yevreylar kabi odamxo’rlikda ayblashgan.
12. Lo’lilar hind tilini ham juda yaxshi o’zlashtirgan. Shu sababli hind tilidagi filmlarni tarjimonsiz tomosha qila olishadi.
13. Lo’li ayol bolalarini qancha yaxshi tarbiyalasa, tabordagi hurmati shuncha oshib boradi.
14. Lo’lilar jurnalist kasbini jinidan yomon ko’radi. Lo’li uchun jurnalist bo’lish millatni haqoratlash demakdir.
Olimjon HAYIT tayyorladi