1971 yil London shahrida tashkil etilgan Butunjahon lo’lilar kongressida ushbu etnik guruh an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish maqsadida 8 aprel sanasini Xalqaro lo’lilar kuni sifatida nishonlash yuzasidan qaror qabul qilindi. Mana 48 yildirki, ushbu sana dunyoning barcha hududlarida keng tarqalgan lo’lilar etnik guruhlari tomonidan milliy bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Shuningdek, ushbu sanada Rossiya va Belarus davlatlarida “Harbiy komissarlik xodimlari kuni”, Rossiyada “Rossiya animatsiyasi kuni”, Qirg’izistonda “Giyohvand moddalarni nazorat qilish organi xodimlari kuni”, Niderlandiyada “Muzeylar kuni”, Yaponiyada “Gullar kuni” keng nishonlanadi.
O’zA
Izohlarni ko`rish