Krossvord yechish esi pastlikdan asraydi

Eksetera universiteti olimlari navbatdagi tadqiqotlarda krossvordning inson miyasiga ta’sirini tekshiruvdan o’tkazishdi. Tadqiqotlarga ellik yoshdan yuqori bo’lgan 17 ming ko’ngilli taklif etilgandi.

 

Ular ikki guruhga bo’lingan holda bir necha yil davomida tadqiqotlarda ishtirok etishdi. Bir guruh doimiy ravishda krossvord yechish bilan shug’ullandi, ikkinchi guruh esa bu mashg’ulotdan ozod etildi. Natija shunday bo’ldiki, krossvord ishqibozlarining miyasi bu mashg’ulotdan uzoq odamlarnikiga nisbatan ancha yosh va mustahkam ekan. Doimiy ravishda krossvord yechadiganlar eng murakkab raqamlar zichligini ham bir necha urinishdan so’ng eslab qola olishdi, bundan tashqari, ularning fikrlash doirasi ham boshqalarnikidan ancha yuqori ekani ma’lum bo’ldi.