Hozirgi kunda fast-fud tanovul qilmagan odam bor bo’lsa ham, u haqida, albatta, hamma eshitgan. Zamonaviy odam uchun vaqt juda ham muhim. Shu sababli tezlik o’ta ahamiyatli. Shuning uchun tezkor ovqatlanish onsonlik bilan dunyoni zabt etmoqda. Biroq, doim yodda tuting, har yerda me’yor bo’lishi kerak. Shu sababdan juda ham yaxshi ko’radigan gamburgerlaringizni kamroq iste’mol qiling.
Fast-fud aql bovar qilmas darajada ommaviy bo’lsa-da, mashhur tarmoqlar o’z diniga yanada ko’proq odamlarni jalb qilishga harakat qiladilar. Quyida e’tiboringizga fast-fud tarmoqlarida ishlovchilar oshkor qilishni istamaydigan 10 ta sirni havola etamiz.
Tashrif uchun eng yaxshi vaqt — pik soatlardir
Tezkor ovqatlanish restoranlariga borish uchun eng ideal vaqt ertalabki 11 dan kunduzgi 13 gacha va kechki 18 dan to 20 gacha bo’lgan vaqtlardagi pik soatlardir. Bo’sh stol topish juda qiyin, lekin aynan shu vaqtlarda ovqat yangi tayyorlangan bo’ladi.
Agar siz yangi tayyorlangan kartoshka fri yemoqchi bo’lsangiz, u holda tuzsizini buyurtma qiling
Kartoshka friga butun partiyasi tayyor bo’lganida tuz qo’shishadi. Agarda siz o’zingizga tuzsiz porsiya so’rasangiz, u holda sizga yangi tayyorlangan kartoshka fri berishadi.
Oshxona isi — bu marketing hiylasi
Fast-fud bor joydan o’tib ketayotib, agar sizga oshxona isi yetib kelayotgan bo’lsa, u yerga kirmay ketish juda mushkuldir. Bu bejiz emas. Tezkor ovqatlanish restoranlarining aksar qismi oshxona isi mijozlarga va ularning yonidan o’tib ketayotgan odamlarga yetib borishiga harakat qiladilar. Masalan, eshiklarni ochiq qoldiradilar.
“Koka-kola” choydan arzon, chunki u ishtahani oshiradi
Ko’pgina joylarda gazlangan ichimliklar choydan arzon turadi. Bularning bariga shirin gazlangan ichimlik bilan chanqoq bosilmasligi hamda uglerod gazi ishtahani yanada oshirishi sababdir.
Kartoshka fri 19 ta ingredientlardan tashkil topgan
Kartoshka frining afsonaviy ta’miga 20 ga yaqin ingredientlar aralashmasi yordamida erishiladi. Ularning asosiysi — bu kartoshka, lekin yog’lar hamda turli xil qo’shimchalar, ta’m va isini kuchaytiruvchilar mavjud.
Ertalab vaqtli kelish tavsiya etilmaydi
Erta uyg’onish bu, albatta juda yaxshi, biroq tezkor ovqatlanish restoranlariga ertalab barvaqt, ular ochilishi bilanoq borish tavsiya etilmaydi. Bu vaqtda ishchilar aynan oshxonani tozalash vositalari bilan tozalayotgan bo’ladilar. Ular sizning ovqatingizga tushushi mumkin. Tavakkal qilmagan yaxshi.
Fast-fudlarda ovqat 30 yil avvalgidan ko’ra ancha kaloriyaliroq
Bugungi kunda sevimli ovqatlar porsiyalari sezilarli darajada ortgan. Shu bilan birga ularning tarkibiga kiruvchi kaloriyalar ham oshgan. Masalan, chizburger hozir uning 1980 yillardagi ko’rinishidan 75 foizga kaloriyaliroq. 20 yil avval kartoshka fri kaloriyasi hozirgidan ko’ra ikki marotaba kam bo’lgan, pissa esa 70 foizga kattalashgan.
Sutli kokteyllardagi shakar miqdori me’yordan 2-3 marotaba ortiq
Sutli kokteyl fast-fudlardagi klassik ichimlikdir. U, ayniqsa, yoz vaqtida juda ommalashadi. Shakar iste’mol qilishning bir sutkadagi o’rtacha me’yori 30-60 grammga teng. Bu vaqtning o’zida bitta sutli kokteylda 85 grammga yaqin shakar bor.
Ovqat uni qo’l bilan yeganda ancha mazaliroq
Hech o’ylanib ko’rganmisiz, nima uchun tezkor ovqatlanish restoranlarida oshxona anjomlari deyarli berilmaydi? Ehtimol, qo’l bilan yeyish mazaliroq bo’lgani uchun bunda ovqatdan ko’proq lazzat olasiz, natijada yanada ko’proq buyurtma berasiz.
Gazlangan ichimliklar kranchalari deyarli doim kir
Ularni yuvish qiyin. Tasavvur qiling, u yerda qancha bakteriya va mikroblar yig’iladi. Ularning tarkibidagi shakarning juda ko’p bo’lgan miqdoridan esa mikroblar yanada tez ko’payadi.
7 Mo»jiza gazetasidan olindi