1. Miyovlash faqatgina mushukka xos emas. Hatto olmaxon ham miyovlashni xush ko’radi.
2. Ovqatdagi maza tarqatuvchi moddalar so’lak bilan aralashmaguncha, odam taomning mazasini aniqlay olmaydi.
3. Angliyada joniga qasd qilishga uringanlar o’limga mahkum etiladi. Bu qonun mamlakatda 1845 yildan beri amal qiladi.
4. Shunday baliq turi borki, uni akula yeya olmaydi. Bu Moisey balig’i bo’lib, akulaning og’ziga o’zidan zahar ajratib purkaydi. Agar akula bu baliqni og’ziga solib ulgurgan bo’lsa, zahar tufayli o’ljasini tupurib tashlashga majbur bo’ladi.
5. Odam organizmidagi suv 1 foizga kamaysa, chanqoqni his etadi. Agar 5 foizga kamaysa, yerga yuztuban yiqiladi. Basharti 10 foizga kamaysa, halok bo’ladi.
6. Olma hamda banan hidi ozishda yordam beradi.
7. Odam jilmayganda, 17 ta, xafaqon qiyofada bo’lsa 43 ta mushagi baravar harakatga keladi.
8. Nemis olimlarining ta’kidlashicha, yurak xuruji asosan yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasi sodir bo’larkan.
9. Ayiqning yuragi har daqiqada 40 marta uradi. Uyqu mahali esa daqiqasiga 8 marta uradi xolos.
10. Dunyoda eng og’ir kitob sifatida Londondagi muzeyda saqlanayotgan geografik atlas e’tirof etiladi. Atlasning bo’yi bir metr, sof vazni esa 320 kilogrammga teng.
vsmu. by
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit