AQShda o’tkazilgan kuzatuvlar natijasida krandan suv ichadigan bolalar va o’smirlarda tish karashi kamroq uchrashi aniqlandi.
Tadqiqot Shimoliy Karolina Shtati Universiteti olimlari tomonidan o’tkazildi, deya xabar berilmoqda, American Journal of Preventive Medicine jurnalining 27 noyabr sonida.
Mutaxassislar 2 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan 15 ming nafar bolalar va o’smirlar orasida o’tkazilgan so’rovlarni o’rganib chiqdilar.
Ichimlik suvining sifati, qondagi rux moddasi va karash miqdori kabi omillar hisobga olindi.
Tadqiqot natijasida krandan oqadigan suv tishlarni karashdan saqlashi, ammo qondagi rux miqdorini oshirishi aniqlandi.
Mutaxassislarning fikricha, krandan oqadagan suv umuman olganda foydali emas.
Chunki yetarlicha tozalanmagan ichimlik suvi, oshqozon, teri hamda sochning holatiga zarar yetkazishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, bu tadqiqot AQSh hududida olib borilgan.