Rossiyada «prava» uchun o’zi imtihon olishga qodir dunyodagi birinchi mashina ixtiro qilindi.
Qozonlik muhandislar avtomatik rejimda yo’l-harkati qoidalari bo’yicha imtihon qabul qilishga qodir dunyodagi birinchi avtomobilni taqdim etdi. Avtomobil Hyundai Solaris bazasida yaratilgan bo’lib, u haydovchilikka nomzodlarning mahoratiga sub’yektiv baho berish ehtimolligini bartaraf etishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Motor.
Seriyali Solaris bazasida yig’ilgan innovatsion avtomobil bir necha kamera, harakat datchiklari, radarlar, shuningdek, sun’iy aloqa tizimi bilan jihozlangan. Mashinaning dasturiy moduliga sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etilgan bo’lib, bu avtomatik rejimda yo’lda imtihon topshiruvchining yo’ldagi harakatlarini kuzatish, yo’l belgilari, svetofor chiroqlari va harakatning boshqa ishtirokchilarini tanish imkonini beradi. Ushbu parametrlar oddiy radarda mavjud emas.
Neyron tarmoqlar yordamida imtihon oluvchi mashina real vaqtda yo’l harakati qoidalarining buzilishini aniqlashga, shuningdek, rulda o’tirgan haydovchining noto’g’ri harakatlarini baholashga xizmat qiladi. Ixtirochilarning fikricha, yangi model inspektorning imtihon topshiruvchi shaxsga bo’lgan sub’yektiv yondashuvini yo’qotishi kerak. Bu borada mashina hissiyotga berilmaydi.
Birinchi bosqichda robotlashtirilgan «inspektor» salonida YHXBB xodimi bo’ladi va u «elektron hamkasbi»ning harakatlarini nazorat qiladi.
Avvalroq Moskvada svetofor tezlikni oshirgan haydovchilarni qizil chiroq bilan «jazolashni boshlagani» to’g’risida xabar berilgandi.