Elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshgan

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O’zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,2 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 501 ta elektromobil import qilingan.

✅ Elektromobil importi o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 428 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.

✅ 2021 yilning 8 oyida O’zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

🚙 Xitoy – 443 ta
🚙 Turkiya – 24 ta
🚙 Litva – 13 ta
🚙 Germaniya – 7 ta
🚙 AQSh – 6 ta
🚙 Koreya – 5 ta
🚙 Ispaniya – 1 ta
🚙 Rossiya – 1 ta
🚙 Gongkong – 1 ta

📌 2021 yilning avgust oyida O’zbekiston xorijdan 69 ta elektromobil import qilgan.