Gollandiyaning kichik Svidxok-Nivkop nomli shahrida juda noyob bo’lgan ko’rshapalaklarning bir nechta turini uchratishimiz mumkin.
Ko’rshapalaklar tabiatan ko’r bo’lishiga qaramay, qorong’ida shahar ichida bemalol ucha oladi, lekin yorqin fonuslar ularni yo’ldan chalg’itib, to’siqlarga urilishiga sabab bo’lmoqda.
Bu muammoga jiddiy qaragan shahar hokimligi yorqin fonuslar o’rniga maxsus qizil rangli fonuslarni o’rnatish haqida qaror qabul qildi.
Chunki bunday fonar nurlari ko’rshapalaklarni chalg’itmaydi. Shahar hokimligi vakillaridan biri Guus Elkxuyzenning ta’kidlashicha, dunyoda birinchi bo’lib Gollandiyada ko’rshapalaklar uchun bunday sharoitlar yaratib berilmoqda.
Nigora tayyorladi
Izohlarni ko`rish