* * *
Korxona direktori yangi ishga qabul qilingan kotibasiga dedi:
— Xo’-o’sh… Qarang-a, qanday ajoyib ishlarkansiz!.. Atigi ikkitagina xatoga yo’l qo’ydingiz xolos-a!.. Mayli, ikkinchi so’zni yozing!
* * *
Erkak gazetani qarasa, o’zining olamdan o’tgani haqida e’lon berishibdi. Ensasi qotib do’stiga qo’ng’iroq qildi.
— Menga qara, gazetadagi e’lonni ko’rdingmi?
— Ko’rdim… Menga qara… O’zi qaerdan qo’ng’iroq qilyapsan-a?
* * *
Qizaloq otasidan so’radi:
— Dada, oyimga uylanmasingizdan burun kim sizga mashinani qanday boshqarish kerakligini o’rgatib borardi?
* * *
— Dada, kechqurun mashinangizdan foydalanib tursam maylimi?
— O’g’lim, manavi oyoqlarni Xudo nima uchun bergan?
— Bittasini tormoz, ikkinchisini gazni bosish uchun bergan!
* * *
Maktabda bezorilik qilib nom qozongan bola ulkan daraxt ro’parasiga keldi-da, dedi:
— Hozir bir urib buyragingni tushirib qo’yaymi?!.
* * *
— Bas, men sizday xasis bilan ortiq yashay olmayman! Mana, nikoh uzugingizni qaytarib oling!
— Ie, buning qutichasi qani?
* * *
To’qqiz yashar qizcha onasidan so’radi:
— Oyi, avloddan avlodga o’tib kelayotgan billur guldonimizni bilasiz-a?
— Ha, bilaman. Nimaydi?
— Mening avlodim o’sha guldonni hozirgina sindirib qo’ydi.
* * *
Muallima o’quvchilarga yuzta so’zdan iborat biror hodisa yozib kelishlarini vazifa qilib bergandi. Toshmat hodisani quyidagicha qog’ozga tushirdi:
— Kecha oyim do’kondan norkali paltoda uyga kirib keldi. Qolgan to’qsonta so’zni dadamning o’zi aytdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi