Koronavirus banandan yuqadi: Mish-mishlar qaysi davlatdan tarqalgandi?

Banan dunyodagi eng ko’p iste’mol qilinadigan meva bo’lishiga qaramay, uni yetishtirish yuqori darajada konsentratsiyalashgan. 5 ta yirik eksportyorlar — Ekvador, Filippin, Kosta-Rika, Gvatemala hamda Kolumbiya ushbu bozorning 70 foizini nazorat qiladi.

Banan eng ko’p iste’mol qilinadigan meva bo’lgani uchun ham, odatda, turli mish-mishlar uning savdosiga ta’sir qiladi. Ko’pincha turli xavfli viruslar va kasalliklarning tarqalishi uning iste’moli bilan bog’lanadi: cho’chqa grippi, Zika virusi, Ebola va hatto OITS.

“EastFruit” tahlilchilari fikricha, banan tufayli koronavirusning tarqalishi bilan bog’liq mish-mishlar Internetning rusiyzabon segmentida keng tarqaldi. Jumladan, Rossiya, O’zbekiston va Gruziyada ro’yxatdan o’tgan internet domenlari yoki ijtimoiy sahifalarida ushbu mish-mish juda tez tarqaldi.

Gruziyadagi “Facebook” sahifasiga va Rossiyaning mashhur sayti koronavirusni banan orqali yuqtirish mumkinligi haqidagi mish-mishlar manbaiga aylandi. Gruzin sahifasidagi material hozirda mavjud emas, yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan rus sayti esa mish-mish gaplarni yangilik tarzida omma e’tiboriga havola etdi.

Natijada, Rossiyaning aksariyat mintaqalarida, shuningdek, Gruziya va O’zbekistonda ham banan savdosi bilan bog’liq muammolar paydo bo’ldi.

Rossiya va Markaziy Osiyoning deyarli barcha mamlakatlariga banan Ekvadordan keltiriladi. Xitoydan umuman banan keltirilmaydi. Chunki Xitoyning o’zi dunyoda banan sotib olish bo’yicha uchinchi o’rinda turadi.

 

xalq so’zi

loading…