MUShUK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Osiyoda yiliga 4 milliontaga yaqin mushukni pishirib yeyishadi.
2. Mushuklar kunning uchdan ikki qismini uyquga bag’ishlashadi.
3. Itlardan farqli o’laroq, mushuklar shirinlikka u qadar o’ch emas.
4. Tirnoqlari shunday joylashganki, mushuklar daraxtdan pastga orqa qilgan holdagina tusha olishadi.
5. Mushuklar 100 dan ortiq tovushlarni chiqara oladi.
6. Mushuk miyasi biologik jihatdan odam miyasiga yaqin.
7. Dunyo bo’yicha uy mushuklari soni 500 milliontani tashkil etadi. Mushukning jami 40 dan ortiq zoti mavjud.
8. Bitta palto tikish uchun 24 ta mushuk terisi kerak bo’larkan.
9. Mushuk qisqa masofaga soatiga 50 km tezlikda yuguradi.
10. U bo’yidan 5 karra balandroqqacha sakray oladi.
11. Qadimiy Misrda uy mushugi o’lim topsa, shu oiladagilar qoshlarini qirib tashlab, mushukka aza ochgan. Aza davomida har bir oila a’zosi ko’ksiga mushtlagan holda ho’ngrab yig’lagan. Keyin mushuk murdasini balzamlab, jonivorlar qabristoniga dafn etgan.
12. Mushuk urg’ochisi bir tuqqanda 1 tadan 9 tagacha bolani dunyoga keltiradi.
13. Hozirgi kunda eng yirik yovvoyi mushuk sifatida Amur yo’lbarsi tilga olinadi. Uning bo’yi 3, 6 metrgacha, hajmi esa avtomobil hajmiga teng. Vazni 320 kilogrammni tashkil etadi.
14. Bugungi kunda dunyodagi eng mashhur uy mushuklari sifatida Persiya va Siam zotlari e’tirof etiladi.
15. Mushuklar orasida faqat «turk Van» zotiga mansub mushuklargina suvda cho’milishni yoqtiradi. Qolganlari suvdan ajaldan qo’rqqandek qo’rqadi.
16. Mushuk basharasining har ikki tarafida 12 tadan mo’ylov mavjud.
17. Mushukning ko’rish qobiliyati ham yaxshi, ham yomon. Yaxshiligi shundaki, ular tunda juda yaxshi ko’rishadi. Yomoni shundaki, mushuklar ranglarni ajrata olmaydi.
18. Mushukning jag’lari bir tomondan ikkinchi tomonga qarab harakatlana olmaydi. Shuning uchun u yemishning katta bo’lagini chaynay olmaydi.
19. Mushuk mushukka kamdan kam hollarda miyovlaydi. Ular faqat odamlar bilangina miyovlash orqali tillashadi.
20. Mushukni yuz kilometr uzoqlikka olib borib adashtirib kelsangiz ham, agar oila a’zolarini rosmana yaxshi ko’rsa, yashagan uyini albatta topib keladi.
21. Mushuklar odamlar ishlatadigan so’zlarning 1000 tagachasini yodlab olish imkoniga ega. Ular shuning hisobiga bizning gaplarimizni tushunishadi. Biz esa o’zimizni qancha aqlliga yo’ymaylik, oddiy shu mushuklar tilini ham tushunmaymiz.
22. Geparddan tashqari barcha mushuksimonlar uxlaganda tirnoqlarini albatta berkitgan holda uxlaydi.
23. Mushukda quloqlarini boshqarish uchun kerak bo’ladigan 32 ta mushuk bor. Odamda esa ular soni 6 tadan iborat xolos. Shuning hisobiga biz odamlar quloqlarimizni xuddi mushuklar kabi qo’l tekkizmasdan qimirlata olmaymiz.
24. Mushuk bolalari ko’p uxlaydi. Sababi, xuddi odamlardagi kabi mushukchalarning o’sish gormonlari faqat uxlagan paytda ajralib chiqadi.
25. Mushuklar o’rtacha 20 yil umr ko’radi. Lekin shu 20 yosh odamning 96 yoshiga to’g’ri keladi.
26. Mushukning yuragi har daqiqada 110 tadan 140 tagacha uradi. Agar mushuk egasini yaxshi ko’rsa, unga keladigan har qanday baloni, hatto o’limni ham o’z bo’yniga oladi. Bu narsa kundalik hayotda ko’p marta isbotlangan.
27. Yetti yil ichida bir erkak va urg’ochi mushuk 420 000 tagacha mushukchalarni dunyoga keltiradi.
28. Yoshi katta mushukning 30 ta tishi bo’ladi.
29. Mushuklar vibratsiyani sezuvchan hisoblanishadi. Ular zilzilani 10-15 daqiqa oldin albatta sezishadi.
30. Persiya zotiga mansub mushuklar deyarli miyovlamaydi. Siam mushuklari esa tabiatan qaysar, xudbin bo’ladi. Ular o’zini haddan tashqari yaxshi ko’radi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…