Ko'p qor yog'gani sabab Toshkent – ​​Myunxen – Toshkent reysi vaqti o'zgartirildi

Uzbekistan Airways yo’lovchilar va kutib oluvchilar diqqatiga muhim ma’lumotni taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, Myunxen shahridagi ob-havo sharoiti (ko’p qor yog’ishi) munosabati bilan, faqat 3 dekabr kuni Toshkent – ​​Myunxen – Toshkent yo’nalishi bo’yicha HY235/236 reyslari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

HY235, Toshkent – Myunxen:

Jo’nab ketish 09:25 (Toshkent vaqti bilan)

Myunxenga yetib kelish 12:20 (Myunxen vaqti)

HY236, Myunxen – Toshkent:

Jo’nab ketish 13:45 (Myunxen vaqti bilan)

Toshkentga yetib kelish 00:05 (Toshkent vaqti)

“Noqulaylik uchun uzr so’raymiz va tushunishingizga umid qilamiz!” – deyiladi xabarda.