Foydali xususiyatlari:
Ko’zoynak ba’zi insonlarga estetik jihatdan yoqimsiz tuyuladi. Linza esa shu muammoni bartaraf etadi.
Ko’zoynakda chapga yoki o’nga qarash uchun boshingizni burishingiz kerak. Linzada esa ko’zingizni burish orqali keng ko’lamda atrofni ko’ra olasiz.
Ko’zoynak issiq haroratda yoki qishda bug’lanishi mumkin. Linzada bunday muammo yo’q.
Zararli xususiyatlari:
Kontakt linzalar taqish muguz pardada yara paydo bo’lish xavfini 10 karra oshiradi.
Linzadan foydalanuvchilar orasida zamburug’ kasalliklari ko’p uchraydi.
Muguz pardaning zamburug’li zararlanishi tufayli ko’z og’riydi, achishadi, yorug’likka sezgirlik oshadi.
Chiroy uchun taqiladigan linzalar ko’rish o’tkirligini pasaytiradi.
Muddati o’tgan linza butun turgan bo’lsa ham taqish mumkin emas. Aks holda, ko’rish o’tkirligini yanada susaytiradi.