Konditsioner bo'lmaganda sovishga yordam beradigan usullarni bilasizmi?

Jaziramadan qutulishning eng tezkor usuli – konditsioner, lekin har doim ham u yonimizda bo’lavermaydi. Bunday holatlarda qanday yo’l tutish kerak?

Gazsiz suv. Har qanday gazli ichimliklar tanani suvsizlantiradi, ayniqsa, tarkibida shakar mavjud bo’lsa. Doimiy ravishda gazsiz suv ichishga harakat qiling — soatiga kamida 1,5 stakan. Agar unga limon bo’laklari yoki yalpiz barglarini qo’shsangiz, u yanada tetiklashtiruvchi bo’ladi.

Sovuq sprey. Sprey idishini oling, uni sovuq suv bilan to’ldiring va vaqti-vaqti bilan tanangizga purkang. Namlangan tanaga havo tekkanda teri yuzasidagi namlik bug’lanadi, bu bir zumda sovishga yordam beradi.

Ho’l sochiq. Agar sportchilar tezda sovimoqchi bo’lsa, bo’yinlariga ho’l sochiq tashlashadi. Sochiqni sovuq suvda namlang va bo’yinning puls uradigan joylarini arting. Tana bir necha daqiqadan so’ng soviydi, ta’siri taxminan bir soatga yetadi.