«So'g'diyona» OFK Kubogini g'alaba bilan boshladi

Ulug’bek Baqoyev boshchiligidagi Jizzaxning «So’g’diyona» jamoasi OFK Kubogining 1-tur doirasida Qirg’izistonning «Neftchi» jamoasi bilan bahs olib bordi.

Luka Chermel va Marko Kolakovichlarning kiritgan gollari evaziga hamyurtlarimiz 2:0 hisobida g’alaba qozondi.

OFK kubogi-2022. «E» guruhi. 1-tur

«So’g’diyona» – «Neftchi» (Qirg’iziston) 2:0

Tojikiston. Dushanbe. «Markaziy» stadion

Hakamlar: Srikrishna Komibatore, Suman Dutta (Hindiston), Amarjit Singx Sarao(Gonkong), Ali Hassan Ibrahim (Bahrayn),

Gollar: Luka Chermel 45+2, Marko Kolakovich 53.

«So’g’diyona»: 27. Milan Mitrovich, 6. Iskandar Shaykulov, 7. Shaxboz Jurabekov, 10. Shoxruz Norxonov ( 20. Bahodir Nasimov, 85), 11. Jasur Xasanov (33. Doniyor Abdumannopov, 63), 12. Xislat Halilov, 16. Artyom Fliposyan, 19. Javohir Qahramonov ( 8. Marat Bikmayev, 85), 23. Behruz Shodmonov ((77. Daniel Nasriddinov, 45), 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich

«Neftchi» (Qo’chqor-Ota, Qirg’iziston): 1. Mihail Paius, 3. Azamat Abdullayev, 6. Askarbek Saliyev (S), 7. Argen Zhumatayev (4. Timur Mazjidov, 86), 9. Eldar Moldojunusov (8. Davlyathan Baratov, 75), 10. Tursunali Rustamov, 12. Esenbek Uson Uulu, 19. Abrorbek Askarov (17. Eldiiar Sardarbekov, 60), 20. Ahlidin Israilov (29. Vladislav Fedosov, 86), 21. Almazbek Malikov, 77. Adilet Kannabekov (23. Abror Kidiraliyev, 75)

Ogohlantirish: Behruz Shodmonov («So’g’diyona») 37