Kleopatrani hamma Misr qirolichasi, Misrda tug’ilgan va hukmronlik qilgan deb biladi. Lekin, Kleopatra miloddan 69 yil oldin 2 noyabr kuni Aleksandriyada tug’ilgan. Demak, Kleopatra Aleksandir Makedonskiy avlodidan va u «grechanka».
Aleksandr Makedonskiy Ptolemeylar sulolasidan bo’lgan va Kleopatra ham shu sulolaning vakillaridan biridir. Tarixshunoslar yozishi bo’yicha, Kleopatra go’zal bo’lmagan, o’rta bo’yli, sal to’laroq bo’lgan. Lekin ovozini yoqimliligi va aqli bilan hammani o’ziga jalb qilgan. Nimaga u haqidagi kitoblarda uni go’zal va latofatli deb yozilgan? Chunki u sog’lom bo’lgan.
Ptolemeylar sulolasi davlatni boshqaruvi boshqalarga o’tib ketmasligi uchun o’z opa-singillariga uylangan. U vaqtda yaqin qarindoshlardan tug’ilgan bolalar nuqson bilan tug’ilishini hech kim bilmagan va shu sababdan Ptolemeylarning ko’pchiligi tug’ma kasal bo’lgan. Taxt qonuni bo’yicha, Ptolemeylarni farzandlari firavin bo’lish huquqiga ega bo’lgan. Kleopatraning otasi taxtni 18 yoshli qizi va 13 yoshli o’g’liga qoldiradi. Ular turmush quradi, ma’lum vaqtdan so’ng ukasi vafot etadi va taxt Kleopatraning 9 yoshli ukasiga qoladi. Kleopatra esa ikkinchi ukasiga ham turmushga chiqadi.