1705-yilda irlandiyalik Marjori MakKoll ismli ayol bezgakdan vafot etadi va kasallik tarqalishining oldini olish uchun uni tez ko’mishadi. Ayol tobutga qimmatbaho uzuk bilan qo’yiladi, chunku uning eri shish tufayli uzukni barmog’idan yechib ololmaydi.
O’sha tunda o’g’rilar qabrni qazib, tobutni ochishadi. Uzuk yechilmagani sababli, barmoqni kesishga qaror qilishadi. Qon chiqishi bilan, asli komada bo’lgan ayol baqira boshlaydi. O’g’rilardan kimdir hushini yo’qotadi, kimdir qochib qoladi. Marjori esa bir amallab tobutdan chiqib, uyiga boradi.
Eshik taqillaganda, Marjorining eri Jon bolalari bilan uyda edi. Eshikni ochib, u dafn kiyimidagi, barmog’idan qon oqib turgan xotinini ko’radi va o’sha yerning o’zida yuragi yorilib o’ladi. Uni xotinidan bo’shagan tobutda dafn etishadi.
Marjori uzoq umr kechirib, yana turmushga chiqadi, farzand ko’radi. U vafot etgach, Irlandiyadagi o’sha Shenkilll qabristoniga dafn etiladi. Uning qabrtoshi hozir ham saqlanib qolgan va unga «Bir marta yashagan, ikki marta ko’milgan» deb yozib qo’yilgan.