Ko’pgina mamlakatlar va xalqlarning madaniyatlarida tupurish uyat hisoblanadi.
Keniyaning Masay qabilasida esa buning aksi. Tupurish-bu salomlashish va hurmat ko’rsatishning keng tarqalgan usuli hisoblanadi.
Qabila a’zolari qo’llarni siqib ko’rishishdan avval tupurishadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va hattoki yangi kelin-kuyovlarga ham tupurishadi. Masaylarning fikricha, bu odat omad va baxt keltiradi. Ya’ni kimgadir baxt tilash uchun unga tupurishingiz kerak.
Manba: etnosuz
Izohlarni ko`rish