Bu Kayli Jenner yangilayotgan rekordlarning birinchi yili emas. U Instagram’da 300 million obunachiga ega bo’lgan dunyodagi birinchi ayol bo’ldi. Bu ham katta muvaffaqiyat!
Kayli Jenner Forbes reytingida bir necha yil ketma-ket yosh milliarderlar orasida peshqadamlik qildi, ammo bu unvon yulduzdan olib tashlangandan keyin jurnalistlar hujjatlarni ommaga e’lon qildi.
Eslatib o’tamiz, Kayli Jenner o’zining Kylie Cosmetics brendiga ega. Bundan tashqari, u «Kardashyanlar oilasi» realiti-shousining ishtirokchisi, hamma mashhur oilaning hayotini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ayni damda Kayli va uning sevgilisi Trevis Skott uch yoshli qizi Stormini tarbiyalamoqda hamda ikkinchi farzandini kutmoqda. Ba’zilar juftlikning ikkinchi farzandini allaqachon tug’ilgan deb taxmin qiladi, ammo hozirgacha bu mish-mishligicha qolmoqda.